Boss School ilovasi va sayti
Maxfiylik siyosati
Bu sahifa Boss International School mobil ilovasi (Boss School) va boss-school.uz sayti o'quvchi haqidagi ma'lumotni qanday yig'ishini, nima uchun ishlatishini va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-sentyabr
Nimalarni yig'amiz
- Ism-familiya, telefon raqami va guruh — o'quv markaz ro'yxatidan
- Profil rasmi — o'zingiz yuklasangiz
- Test va mock natijalari, ballar
- AI suhbatdosh va Boss AI yozishmalarining matni
- Ilova versiyasi va platforma (yangilanishni tekshirish uchun)
Nimalarni yig'MAYMIZ
- Ovoz yozuvlari — mikrofon faqat gapni matnga o'giradi, audio fayl serverga yuborilmaydi
- Joylashuv (GPS)
- Reklama identifikatorlari, kuzatuv pikselleri
- Telefon kontaktlari, SMS va qo'ng'iroqlar tarixi
- Boshqa ilovalardagi faoliyatingiz
Ma'lumot nima uchun kerak
| Ma'lumot | Maqsad |
|---|---|
| Telefon raqami va PIN | Ilovaga kirish va hisobni himoyalash |
| Ism va profil rasmi | Ilovada va sinf reytingida sizni ko'rsatish |
| Test javoblari va ballar | Natijani hisoblash, IELTS band ko'rsatish, o'qituvchiga ko'rsatish |
| AI yozishmalari matni | Savolga javob berish, speaking mashqini baholash va suhbatni davom ettirish |
| Ilova versiyasi | Yangi versiya chiqqanini bildirish |
Mikrofon, kamera va galereya
Mikrofon faqat siz Speaking javobini yozayotganda yoki AI suhbatdosh bilan gaplashayotganda ishlaydi. Gapingiz qurilmaning o'zida matnga o'giriladi va serverga faqat o'sha matn boradi — ovoz fayli saqlanmaydi ham, yuborilmaydi ham. Kamera va galereya faqat profil rasmini tanlaganingizda ochiladi. Fon rejimida hech qanday yozib olish yo'q.
Ma'lumot kimga ko'rinadi
- Sizga — ilovadagi barcha ma'lumotingiz.
- O'quv markaz xodimlari — o'qituvchi va sinf rahbari natijalaringizni va davomatni ko'radi.
- Boshqa o'quvchilar — faqat sinf reytingida ismingiz, profil rasmingiz va umumiy ballingiz.
- AI xizmati — AI javob berishi uchun yozgan matningiz qayta ishlanadi. Bu xizmatga ismingiz, telefoningiz yoki boshqa shaxsiy ma'lumotingiz uzatilmaydi.
Ma'lumotingiz sotilmaydi va reklama maqsadida hech kimga berilmaydi.
Qayerda va qancha saqlanadi
Ma'lumot boss-school.uz serverida saqlanadi, aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda ketadi. Parol (PIN) shifrlangan ko'rinishda saqlanadi — uni hech kim, jumladan xodimlar ham, ochiq holda ko'ra olmaydi. Ma'lumot siz o'quv markazda o'qiyotgan muddat davomida va undan keyin hisob-kitob talab qilgan muddatda saqlanadi.
Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotingiz nusxasini so'rash
- Noto'g'ri ma'lumotni to'g'rilatish
- Profil rasmini istalgan vaqtda ilovadan o'chirish
- Hisobingizni va ma'lumotingizni o'chirishni so'rash
Hisobni o'quv markaz ochadi, shuning uchun uni o'chirish ham murojaat orqali bo'ladi: quyidagi manzilga yozing yoki sinf rahbaringizga ayting. So'rov 30 kun ichida bajariladi.
Bolalar ma'lumoti
Ilova o'quv markaz o'quvchilari uchun mo'ljallangan va ular orasida balog'atga yetmaganlar ham bor. Hisobni ota-ona roziligi bilan o'quv markaz ochadi. Bolalardan ortiqcha ma'lumot so'ralmaydi, reklama ko'rsatilmaydi va ma'lumotlari uchinchi shaxslarga berilmaydi.
O'zgarishlar
Siyosat yangilansa, shu sahifadagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlarni ilovada ham bildiramiz.
Aloqa
Savol yoki so'rov bo'lsa:
E-pochta: info@boss-school.uz
Sayt: boss-school.uz orqali murojaat
Manzil: Yangiyo'l shahri, Boss International School